Saloh Suaresning natijasini takrorladi

Mirjalol Normatov
10 fev 2019, 13:57
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh APLning 26-turi doirasida "Bornmut"ga qarshi o'yinda gol urishga erishdi.

Misrlik futbolchi shu orqali mavsumdagi gollari sonini 20taga etkazib oldi. Undan tashqari, Saloh ketma ket ikki mavsumda 20tadan kam gol urmagan ikkinchi futbolchiga aylandi. Misrlik o'tgan mavsumda jamoasi tarkibida 52 o'yinda 44 gol kiritgandi.

Saloh 2012/13 va 2013/14 yilgi mavsumlarda 30 va 31tadan gol kiritgan Luis Suaresning natijasini takrorladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal