Salimjon Zokirov: “Yozyovon”dagi pasayish vaqtincha"

Narzulla Saydullayev
14 sen 2018
Pro-liga 25-turidan o'rin olgan “Yozyovon-Lochinlari” - “Zomin” (0:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Salimjon Zokirov “championat.asia” saytiga intervyu berdi.

Endi o'zlaring ko'rib guvoh bo'ldilaring, bugungi uchrashuvda to darvozamizdan birinchi golni qo'yib yuborgunimizga qadar uchrashuvda biz ustunlikka erishdik. Ko'plab vaziyatlarda omad bizdan yaqqol yuz o'girdi, to'p darvozaga kirishni hohlamasa qiyin ekan. O'sha o'z maydonimizda “Sherdor” jamoasidan uchragan mag'lubiyatimizdan so'ng, bizning futbolchilarda ruhiy tomondan tushkunlik kayfiyati kuzatilmoqda. Yigitlarimiz nimagadir o'z o'yinlarini topib olishga qiynalishmoqda.

Jamomamizdagi pasayish jarayonini sababi balki shu xolat tufayli yuzaga kelayotgandir, axir birinchi davrada o'zlaring ko'rdilaring, o'z maydonimizda biron marta mag'lubiyatga uchramagan edik. Bu xolatni ikkinchi omili sifatida ayrim jamoalarda kuzatilayotgani kabi bizning jamoada ham ozgina muammolar bor. Bu muammolarni yaxshi bo'lib kyetishiga ishonamiz, shu bois sabr qilayapmiz. Lekin jamoamiz futbolchilari yosh, balki shu tufayli ularda jamoamizdagi muammolarni qabul qilishga qiynalishmoqda. Shu ikkinchi omil ham o'ziga sabablar bilan o'yinimizga ta’sir ko'rsatmoqda. O'ylaymanki hammasi yaxshi bo'lib ketadi, bizni jamoada ozgina muammoli kunlar bo'lsa, tez orada bartaraf etiladi, hamisha shunday bo'lgan. Nazariy jihatdan biz turnir jadvalida kuchli uchlikka kirish uchun imkoniyatimiz bor, demak biz bunga intilamiz. Bizdagi xolat yana takrorlayman vaqtincha, tez orada o'z o'yinimizni topib olamiz va g'alabalarga erishamiz deb o'ylayman, - deydi Salimjon Zokirov.      


Bekzod Tolibov yozib oldi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia