Salimjon Zokirov: "Iftixor" bilan o'yinning oxirgi 15 daqiqasi qorong'u maydonda bo'ldi"

Narzulla Saydullayev
22 avg 2018, 10:15
“Iftixor” - “Yozyovon-Lochinlari” (3:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Salimjon Zokirov “Championat.asia” saytiga intervyu berdi.

Bugungi uchrashuv haqida shuni aytish mumkinki, darvozamiza kiritilgan birinchi gol jamoamiz darvozabonining xatoga yo'l qo'yganligi natijasida urildi. Bu gol bizning bugungi uchrashuvga tanlagan rejamizni buzib yubordi, jamoamiz a'zolari goldan so'ng bir oz tushkunlikka tushib qolishdi. Shuni takidlash joizki, maydon sifati futbol o'ynash uchun talablarga to'la javob bermaydi. Uchrashuv boshlanishidan avval aytgan edim, o'yinni soat 17:00 da boshlaylik, o'yin yakunida qorong'u bo'lib ketadi degandim. Stadion yoritgichlari maydonni yoritish uchun kuchi yetmadi. Barchangiz ko'rib guvoh bo'ldingiz, uchrashuvning oxirgi 15 daqiqasi qorong'u maydonda bo'ldi, uchrashuvda oxirgi kiritilgan golni qarang, oddiy vaziyat, futbolchi zarba berdi, darvozabon qorong'uda to'pni ko'rmadi va gol.

Bugungi kunda o'zbek futbolida ijobiy islohotlar olib borilmoqda. Futbolimiz mutasaddilari milliy chempionatlarmiz saviyasini ko'tarish uchun etarli darajada ishlarni tashkil etishmoqda. O'ylaymanki, bugungi urashuvda kuzatilgan muammolar ham tezda barham topadi. Biz endi bu uchrashuvni unutib, keyingi o'yinga jiddiy hozirlik ko'ramiz. “Iftixor” jamoasiga keyingi uchrashuvlarda omad tilayman.      


Bekzod Tolibov yozib oldi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia