

O'tgan mavsumni "Olmaliq"da o'tkazgan yarim himoyachi Salamat Quttiboev va "Navbahor" himoyachisi Bobur Akbarov tez orada "Nasaf" mashg'ulotlariga kelib qo'shilishi kutilmoqda. Ushbu ikki futbolchi katta ehtimol bilan yangi mavsumni "ajdarlar" safida o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, Ro'ziqul Berdiev Salamat Quttiboevni o'tgan mavsumda ham o'z jamoasida ko'rishni istagan edi. Ayni paytda Salamat Quttiboev erkin agent maqomiga ega. Salamat Quttiboev rasman "Olmaliq" safini tark etgan.



