Ryudiger Karvaxaldan nimani iltimos qilgan?

Omonjon To`xtamirzayev
28 noya 2022, 20:32
Germaniya - Ispaniya uchrashuvidan so'ng, Toni Ryudiger klubdoshi Karvaxalning oldiga kelib, 3-turda Yaponiyani yutib berishni so'ragan.

Bu ma'lumotni Ispaniya termasi himoyachisi Karvaxal ham tasdiqladi.

"U mendan Yaponiyani mag'lub etishni so'radi. O'ylashimcha, biz g'alaba uchun bor kuchimiz bilan harakat qilishimizga hech kimga shubha qilmaydi. Raqib kim bo'lishidan qatiy nazar, birinchi navbatda biz g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz", - dedi Karvaxal.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia