Jamoa hozirda Chirchiqda mashg'ulot o'tkazish bilan bir qatorda sinov-nazorat o'yinlarini ham tashkil etmoqda. Metallurgning tayyorgarlik yig'ini rejasidan xorijga chiqish ham o'rin olgan. Bu haqda bosh murabbiy Rustam Mirsodiqov "SA"ga bergan intervyusida aytib o'tdi.
- Ayni paytda yig'inni Chirchiqda olib bormoqdamiz. Ochig'i, ob-havoning kutilmaganda sovub ketishi natijasida rejamizga o'zgartirish qiritilishiga sabab bo'ldi. Qalin qor yoqqan paytlarda yopiq manejlarda shug'ullandik. Umuman olganda yig'indan ko'nglim to'lmoqda.
- O'zingizga yaxshi ma'lumki, jamoamiz tarkibida aytarli jiddiy o'zgarishlar qilinmaydi. Bu yil ham shunday. To'g'ri, ayrim yosh futbolchilar mashg'ulotlarimizga kelib, ko'rikdan o'tishmoqda. Lekin ularning birortasi bilan hali shartnoma imzolanmagan.
- Rejaga ko'ra 15 fevral kuni Turkiyaga jo'nab ketamiz. U yerdagi yig'inimiz hal qiluvchi bosqchi sanaladi. Ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun, sinov-nazorat bahslarini o'tkazishni o'ylab turibmiz. Raqib jamoalarning nomi, o'sha erga borganimizda aniq bo'ladi. Antaliyadan 2 mart kuni qaytib kelamiz va shundan so'ng o'z qarorgohimizda chempionatga tayyorgarlikni davom ettiramiz.
Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi.