Runi, Marsyal va Reshford "Chelsi"ga qarshi o'ynamaydi

Tolibjon Qosimov
13 mar 2017, 19:58
"Manchester Yunayted" hujumchilari Ueyn Runi, Antoni Marsyal va Markus Reshford Angliya kubogi chorak finali doirasida "Chelsi"ga qarshi Londonda kechadigan bahsda ishtirok eta olishmaydi.

Bu haqda "ESPN FC" xabar berdi.

Runi va Marsyal jarohat olgan, Reshford esa kasal bo'lib qolgan. Lekin, ayrim manbalarda Reshford umumiy jamoadan keyin alohida Londonga yo'l olgani aytilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ESPN FC