"Rubin" yanvarda O'runov bilan shartnoma imzolamoqchi. Klub "Spartak"ga rasmiy taklif yo'lladi

Alisher
5 dek 2020, 15:37
"Rubin" "Spartak"ning o'zbekistonlik yarim himoyachisi Oston O'runovni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

"Biznes Online"ning ma'lumotiga ko'ra, Qozon klubi 19 yoshli xavbekning transferi borasida rasmiy taklif jo'natgan.

"Rubin" futbolchi bilan yanvardayoq shartnoma imzolamoqchi. "Spartak" O'runovni avgustda "Ufa"dan xarid qilgan va uzoq muddatli shartnoma imzolagandi.

O'runov joriy mavsum Rossiya Premer-ligasi doirasidagi 6ta o'yinda maydonga tushdi.


→ Oston O'runov "Spartak"ni tark etishi to'g'risida yangiliklar tarqaldi. Bu xabarlar feykmi? 


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport.business-gazeta.ru