

Unda O'zbekiston terma jamoasi xavbeki Hojimat Erkinov harakat qiladigan "Torpedo" o'z uyida Andrey Fyodorov boshqaruvidagi "Lokomotiv" bilan bahs yuritdi.
O'yindagi yagona gol 48-daqiqada Artyom Karpukas tomonidan urildi. U himoyaning parchalanib ketishi natijasida osonlik to'p kiritdi.
Hamyurtimiz Hojimat Erkinov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 58-daqiqada o'z o'rnini Mario Churichga bo'shatib berdi.
Torpedo – Lokomotiv 0:1
Lujniki
Gol: 0:1 – 48 Karpukas.
Torpedo – Baburin, Smolnikov, Samsonov, Shapich, Kojemyakin, Roganovich (Sultonov, 76), Enin, Savich (Kaymakov, 76), Erkinov (Churich, 58), Karaev (Kosta, 58), Turishhev (Lebedenko, 46).
Lokomotiv – Gilerme, Nenaxov, Barinov, Kuzmichev, Tiknizyan, Kulikov, Magkeev, Karpukas (Pedrino, 71), Kamano (Kerk, 88), Ignatev (Miranchuk, 70), Izidor.
Ogohlantirishlar: Nenaxov (31), Samsonov (42), Magkeev (46), Roganovich (65), Miranchuk (85).

"Torpedo" 13 turdan so'ng 6 ochko bilan so'nggi pog'onada bormoqda, "Lokomotiv" esa bugungi bahsdan keyin 12 ochko bilan 12-o'ringa joylashdi.



