RPL. Bir kishi kam bo'lib qolgan “Ufa” 90+3 daqiqadagi gol evaziga mag'lubiyatdan qutulib qoldi

Eldor Akmurzayev
5 iyul 2020, 20:33
Rossiya chempionati 26-turi doirasida “Neftyanik” o'yingohidagi bellashuv yakunlandi.

“Ufa” so'nggi daqiqalarda Denis Terentev tomonidan urilgan gol evaziga “Ural” bilan durang o'ynadi. Uchrashuvning 65-daqiqasida mezbonlar himoyachisi Yonuc Nedelcharu ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etgan. Oston O'runov esa bahsda to'liq harakat qildi. Ufaliklar bugungi natijadan keyin jadvalda 33 ochko bilan 6-o'ringa ko'tarildi.

Ufa – Ural 1:1 (0:0, 1:1)

Neftyanik

Gollar: 0:1 – 66 El-Kabir, 1:1 – 90 Terentev.

Ufa – Belenov, Suxov (Terentev, 46), Nikitin (Krugovoy, 78), Nedelcharu, Tabidze, Fomin, Golubev (Aliev, 79), O'runov, Yokich, Krotov (Pucko, 67), Bizyak (Agalarov, 63).

Ural – Godzyur, Vilyush, Kulakov, Kalinin, Bumal, Kuxarchik (Augustinyak, 58), El-Kabir (Zolotov, 89), Egorichev (Panyukov, 86), Bikfalvi, Bavin (Efremov, 57), Emelyanov.

Ogohlantirishlar: O'runov (33), Nedelcharu (39), Terentev (49), Kalinin (60), Yokich (65), Bumal (71), Pucko (80).

Chetlatish: Nedelcharu (65).

TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia