Rossiyalik hujumchi ikkinchi davrani O'zbekistonda o'tkazishi mumkin

Khoja
11 iyul 2025, 09:23
“Ural“ hujumchisi Aleksey Kashtanov faoliyatini yurtimizda davom ettirishi mumkin.

Bu haqida Narzulla Saydullaev xabar bermoqda. Hozircha O'zbekistonning qaysi jamoasi hujumchi bilan shartnoma imzolashni reja qilgani haqida ma'lumot berilmagan. Hozirda tomonlar muzokara o'tkazishmoqda. Agar kelishuv amalga oshsa, hujumchi ikkinchi davrani yurtimizda o'tkazadi.

Ma'lumot uchun, 29 yoshli hujumchi faoliyati davomida 167 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 40 ta gol va 22 ta golli uzatma bor. Transfermarkt nashri futbolchini 700 ming evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia