Ro'ziqul Berdiev: "O'zbek bozorida hujumchilar kamayib bormoqda"

Narzulla Saydullayev
27 avg 2020, 21:18
Coca Cola Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Nasaf" (0:4) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlarini bildirdi.




"Himoyada bexato o'ynashga harakat qildik. Hujumdagi vaziyatlarning juda kamidan foydalandik. "Lokomotiv" jamoasi himoyada ko'p xatolar qildi. Shuning uchun vaziyatlardan maksimal darajada foydalanishga harakat qildik.

Futbolchilarga ham katta raxmat aytaman, ko'rsatmalarimni bajarishdi. Diqqat va e'tiborni yo'qotmasdan harakat qilishdi. Yana bir hujumchi olsak yaxshi bo'lardi, buni rahbariyat bilan gaplashamiz. Qanot poziciyasida muammolarimiz bor. O'zbek bozorida hujumchilar kamayib bormoqda, lekin tajribali hujumchi bo'lsa ko'rib chiqamiz.

"Lokomotiv"ni hozirgi tarkibi ham tajribali. Yigitlarga avvalgi natijalarni esdan chiqarib to'p tepishlarini takidlagandim. Klublar va futbolchilar har uch kunda o'ynashga tayyor emas. Oxirgi ikki turda temp juda pas bo'ldi. Bunga o'rganishimiz kerak. Futbolchilarimiz turli terma jamoalarga taklif etildi. Hozir Qarshiga boramiz va futbolchilarga uch kun dam olish imkonini beramiz",- deydi Ro'ziqul Berdiev.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia