Ro'ziqul Berdiev: "Bugun vodiydan qaytib, yana vodiy sari otlanadigan bo'ldik"

Narzulla Saydullayev
8 dek 2020, 21:42
O'zingizga ma'lum, bugun O'zbekiston Kubogi 1/8 final uchrashuvlari o'z nihoyasiga etdi va keyingi bosqichga chiqqan barcha jamoalarning nomlari ham aniq bo'ldi.

Barcha uchrashuvlar nihoyasiga etganidan so'ng qur'a tashlandi va uning natijasiga ko'ra jamoamiz yana bir bor vodiyga safar qiladigan bo'ldi. "Ajdarlar" O'zbekiston Kubogi 1/4 finalida Namanganning "Navbahor" jamoasi mehmoni bo'ladi. Marosim yakunlaganidan so'ng jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievning qur'a natijalari haqida fikrlari bilan qiziqdik.

“Kecha Andijonda bo'lib o'tgan uchrashuvdan so'ng bugun tushga yaqin Qarshiga yetib keldik. Keyingi bosqichda o'z uyimizda, muxlislarimiz qarshisida o'ynaymiz deb umid qilgandim, lekin qur'a shuni ko'rsatdiki bugun vodiydan qaytgan bo'lsakda yana vodiyga ketadigan bo'ldik.

Barchaga ma'lum, bu yilgi O'zbekiston kubogi finali Namanganda bo'lib o'tadi. Tabiiyki mezbonlar ham shunga yarasha o'yin ko'rsatadi. Vaholanki "Navbahor" jamoasi o'z uyida yaxshi futbol namoyish etadi. Muxlislar qiziqarli va shiddatli bahsga guvohi bo'lishadi deb o'ylayman" - deydi Ro'ziqul Berdiev.

Eslatib o'tamiz, "Navbahor" - "Nasaf" uchrashuvi 12 dekabr kuni soat 16:00da Namangandagi "Markaziy" stadionida boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz