Rojers: "Liverpul" APLning so'nggi 10ta o'yinida 23 ochko to'plashi kerak"

Aslanov Jasurbek
16 mar 2015, 15:49
"Liverpul" bosh murabbyi Brendan Rojers mavsumni qolgan qismida jamoaning Premer-ligadagi vazifasi haqida gapirib berdi.

"Premer-ligada 10ta o'yin qoldi. Bu uchrashuvlardan 23 ochko ishlab olishga harakat qilamiz. Bu yil chempionat kurashlarga boy bo'lmoqda. Yanvar-fevralda 11ta o'yindan 9tasida g'alaba qozondik, ammo endi qolgan 10ta bahsga e'tibor berishimiz kerak.

Kerakli natijaga erishish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilshimiz kerak" - deydi Rojers.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com