

"Ushbu turnirda ishtirok etayotgan jamoalarda bir qancha mahoratli futbolchilar bor ekan. Lekin ular ko'proq individual tarzda harakat qilishni yaxshi ko'rishar ekan. Bunday yoshdagi futbolchilar to'g'risida bir narsa deyish juda ham qiyin. Chunki ularni kelajakda ko'p narsa kutmoqda. Bu yoshdagi futbolchilarning qaysi biri jismonan baquvvat bo'lsa o'sha bola jamoada yetakchi bo'ladi. Lekin bu narsa vaqtinchalik. Sababi, bolalar 15-16 yoshga to'lganida har taraflama o'zgaradi", - deydi "Paxtakor" futbolchisi Rostin Griffits

Jahongir Sotvoldiev yozib oldi



