"Ronalduning tanqidchilari har yili 30 tadan ko'p gol urish qiyin ekanligini bilishmaydi"

Aziz Tukhtamuradov
17 apr 2021, 08:30
"Portu" futbolchisi Pepe Krishtianu Ronaldu haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ronaldu Turinda baxtli. U A Seriyada eng yaxshi to'purar. Uning tanqidchilari har yili 30 tadan ko'p gol urish qanchalik qiyin ekanligini bilishmaydi. 

Krishtianu aqlbovar qilmas ishlarga qodir. Umid qilamanki, u "Yuventus"da hali ko'p yillar davomida o'ynaydi va futbol ishqibozlariga xursandchiliklar taqdim etadi. 

Shuningdek, u Portugaliya terma jamoasida ham har doimgidek yaxshi o'ynashiga umid qilaman", - dedi Pepe intervyularidan birida. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football-italia.net