Ronaldu Saudiya Arabistoni Kubogi o'yinida nega ishtirok etmagani sababi ma'lum

Sherzod Nurmatov
25 sen 2024, 14:13
Kuni kecha "Al Nassr" Saudiya Arabistoni Qirol Kubogi 1/16 finalida "Al Hazem"ni mag'lub etdi (2:1).

Mehmonlar safida gollarga Sadio Mane va Nauaf Bushal mualliflik qildi. Mezbonlardan Yusuf Al Sayali darvozani ishg'ol etdi, ammo axborot maydoni boshqa yangiliklar bilan to'lib ketdi.

Xabarlarga ko'ra, 39 yoshli Krishtianu Ronalduning o'yinda maydonga tushmasligi jamoaning yangi bosh murabbiyi Stefano Pioli tashabbusi bilan bo'lgan. Italiyalik mutaxassis sardor va jamoa yetakchisiga milliy chempionat va Osiyo Chempionlar Ligasidagi muhim uchrashuvlar oldidan dam berishga qaror qilgan.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu yaqinda virusli infekciyaga chalingan va shu sabab Osiyo Chempionlar Ligasida "Al Shorta"ga (1:1) qarshi o'ynay olmagandi. Keyinroq Krishtianu chempionat o'yinida Stefano Pioliga debyut bahsida g'alaba qozonishiga ko'maklashdi – Stiven Jerrard boshchiligidagi "Al Ittifoq" 3:0 hisobida taslim qilindi, portugaliyalik futbolchi 33-daqiqada penaltidan to'p kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: EssentiallySports