Ronalduning libosi Turkiyadagi voqealar sabab aukcionga qo'yiladi

Mirjalol Normatov
8 fev 2023, 01:39
“Atalanta” va Turkiya milliy terma jamoasi himoyachisi Merih Demiral vatanidagi talofatlar ortidan turk xalqi uchun yordam yig'ishga harakat qilyapti.

U tvittyerdagi sahifasida sobiq jamoadoshlari Krishtianu Ronaldu, Leonardo Bonuchchi va Paulo Dibala bilan suhbatlashgani haqida yozdi. Aytilishicha, har uchchala futbolchi Turkiyadagi voqealardan chuqur afsusda ekanini bildirib, zilzila talofatlarini bartaraf etish uchun tuzilgan “Ahbap” fondiga imzoli liboslarini jo'natishga vada bergan. 

Merih Demirelning takidlashicha, liboslar kim oshdi savdosiga qo'yiladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia