"Ronaldudagi mentalitetning 5 foizi menda bo'lganida dunyoning eng zo'r 20 nafar yarim himoyachisidan biri bo'lardim"

Tolibjon Qosimov
27 mar 2024, 19:04
Bir paytlar "Manchester Yunayted"da o'ynagan braziliyalik yarim himoyachi Anderson klubga borgan dastlabki yilida Ronalduning uyida yashagani haqida gapirib o'tdi.

"Biz Luish Nani bilan deyarli bir yil Krishtianu Ronalduning uyida yashaganmiz. Mashg'ulot ertalabki 9:30da boshlanardi, lekin biz bazida 6:30da bazaga borishga majbur bo'lardik. Chunki, u (Krishtianu) ertaroq boshlardi.

Undagi mentalitetning 5 foizi bilan men o'sha paytda dunyoning eng zo'r 20 nafar yarim himoyachisidan biriga aylangan bo'lardim", - degan Anderson.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/Football__Tweet