Nani Turkiyaga yo'l oladi

Оқил Абдубарноев
14 iyul 2023
"Manchester Yunayted" va Portugaliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Luish Nani faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.

Iyul oyi boshida Avstraliyaning "Melburn Viktori" klubini erkin agent sifatida tark etgan 36 yoshli yarim himoyachi "Adana Demirspor"ga o'tishga yaqin turibdi. Yaqin orada Nani turk klubida tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Eslatib o'tamiz, Nani yanvar oyidan buyon bo'g'imidan jarohat olgach, haligacha maydonga tushmagan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Goal