Ronaldu MYU asosiy jamoasi mashg'ulotlariga qaytdi!

Sherzod Nurmatov
25 okt 2022, 18:02
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu asosiy jamoa bilan mashg'ulotlarga kirishdi.

"Qizil iblislar"ning so'nggi mashg'ulotidan olingan suratlar klub ijtimoiy tarmoqlarida paydo bo'ldi - suratlarda 37 yoshli portugaliyalik ham bor.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Ronaldu asosiy jamoa bilan mashg'ulotlardan chetlashtirilgan va "Chelsi" bilan o'yin uchun qaydnomaga kiritilmagandi. Bu Krishtianuning "Tottenxem"ga qarshi o'yinda (2:0) o'yin tugashidan oldin stadionni tark etgani tufayli sodir bo'lgandi. 

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Hagning so'zlariga ko'ra, Ronaldu zaxiradan maydonga tushishdan bosh tortgan va o'zboshimchalik bilan stadionni tark etgan. OAV xabarlariga ko'ra, portugaliyalik zaxirada qoldirilganidan norozi bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: manutd.com