Ronaldu "Manchester Yunayted" tarkibida "Nyukasl"ga qarshi o'yinda debyut qilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
3 sen 2021, 20:27
"Manchester Yunayted"ning yangi a'zosi Krishtianu Ronaldu klub safidagi ilk o'yinini "Nyukasl"ga qarshi o'tkazishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, hujumchi "qizil iblislar" safidagi debyutiga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Yaqinda Portugaliyani tark etgan hujumchi xalqaro o'yinlardan so'ng APL doirasida "Nyukasl"ga qarshi maydonga tushishi aytilmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" - "Nyukasl" uchrashuvi 11 sentyabrga belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports