

"Jahon chempionatidagi birinchi o'yindagi g'alaba juda muhim, ammo hozircha biz hech narsa yutganimiz yo'q! Bu endigina birinchi qadam!
Biz maqsad sari intilyapmiz. Olg'a, Portugaliya!", – dedi Ronaldu.
37 yoshli Krishtianu Ronaldu beshta Jahon chempionatida gol urgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi.
Portugaliya 28 noyabrda 2-tur doirasida Urugvayga qarshi o'ynaydi, Gana termasi esa shu kuni Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi.


