

Ispaniya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati g'olibiga aylanib, finalda Argentinani 1:0 hisobida mag'lub etdi.
"Bu natija nuqtayi nazaridan ham, o'yin nuqtayi nazaridan ham tarixiy kun bo'ldi, chunki Ispaniya men kutganimdek, boshidan oxirigacha ustunlik qildi. Ispaniyaga faqat gollar yetmadi – u men kutgan va loyiq bo'lgan farq bilan g'alaba qozona olmadi, ammo uning ustunligi butun uchrashuv davomida mutlaq bo'ldi.
Bu tor-mor edi. Ispaniya va Argentina o'rtasidagi saviya farqi juda katta. Hatto Messi bilan ham ular Ispaniya bilan tenglasha olishmadi. Argentina turnir davomida o'zining asosiy koziri bo'lgan fidoyilikni ko'rsata olmadi.
Iqtidorli futbolchi bitta o'yinda g'alaba qozonishi mumkin, ammo jahon chempionatida g'olib chiqish uchun jamoa kuchi kerak – Ispaniyaniki kabi. Har bir inson muhim bo'lgan jamoaviy o'yin".
Argentina terma jamoasining JCHdagi ishtiroki haqida
"Ular hech qachon yaxshi futbol ko'rsatishmadi – ular faqat xarakter va fidoyilik hisobiga natijaga erishishdi, lekin chiroyli o'yin yo'q edi. Ispaniyaning esa o'z DNKsi, chiroyli futboli bor. Braziliyaning "Joga Bonita"si allaqachon ortda qoldi va hozir aynan Ispaniyaning o'yin uslubi eng yaxshisi hisoblanadi", – dedi Ronaldo.



