Romancov Qosimovni Rossiya chempionatida o'ynagan eng kuchli osiyolik futbolchi deb hisoblaydi

Alisher
20 iyun 2020, 13:00
"Match TV" futbol jurnalisti Denis Romancov OFK rasmiy saytiga intervyu berdi.

Xabaringiz bor, OFK sayti Rossiya chempionatida o'ynagan eng yaxshi osiyolik futbolchini aniqlash maqsadida so'rovnoma o'tkazmoqda.

OFK sayti Rossiya chempionatida o'ynagan eng yaxshi osiyolik futbolchini aniqlayapti. Biznikilarga ovoz bering


E'tiborlisi, Denis Romancov Mirjalol Qosimovni Rossiya chempionatida o'ynagan eng kuchli osiyolik futbolchi deb biladi

"Ha, menimcha bu Mirjalol Qosimov. Sababi u bir jamoa bilan Rossiya chempioniga aylangan (1995 yil). So'ngra, favorit hisoblanmaydigan "Krilya Sovetov"ni ham favoritga aylantirgan. Rossiyada uni juda yaxshi ko'rishadi. Azmun haqida gapiradigan bo'lsam, u hech qanday muammosiz Yevropaga yo'l olishi kerak. U universal o'yinchi. Menimcha, Syerdar o'zini Italiya va Ispaniyada yaxshi ko'rsata oladi", - deydi Romancov.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: the-afc.com