"Roma" vingeri Jengiz Under uchun kutilmagan da'vogar paydo bo'ldi

Alisher
12 may 2020, 17:43
"Atalanta" "Roma" vingeri Jengiz Under uchun kurashga qo'shilishga tayyor.

Bu haqda italyan matbuoti xabar bermoqda. Xabarlarga ko'ra, "Atalanta" Under uchun "Roma"ga 15 million evro va nomi aytilmayotgan o'yinchisini berishni taklif qilmoqda.

"Atalanta"dan tashqari Underga "Tottenxem" ham qiziqish bildirmoqda. Jengiz yozda klubini o'zgartirishi kutilmoqda.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 34ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: corrieredellosport.it