"Roma" o'yinchisi "Liverpul"ga o'tishi mumkin

Alisher
10 iyun 2021, 11:16
"Roma" va Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Lorenco Pellegrini klubini o'zgartirishi mumkin.

24 yoshli o'yinchini "Liverpul"dan ketgan Jorjino Veynaldumning o'rniga o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda.

Mersisaydliklar 33 million evro evaziga xavbekni o'z saflariga qo'shib olishmoqchi. Lorenconing "bo'rilar" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

Pellegrini o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 34ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports