"Roma" markaziy himoyachi izlamoqda

22 iyul 2019, 19:20
A Seriya vakili "Roma" klubi Kostas Manolasning o'rniga himoyachi izlash bilan band.

Eslatib o'tamiz, Manolas bir necha hafta avval "Napoli" bilan shartnoma imzolagandi. 

Rasman: "Napoli" yangi futbolchi sotib olganini tasdiqladi

Hozirda "Tottenxem" futbolchisi Tobi Alderveyreld "bo'rilar"ning asosiy maqsadi bo'lib turibdi. Bu haqda Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi. Agar belgiyalik himoyachi Rimga yo'l olmasa, "Roma" rahbariyati "Yuventus" a'zosi Daniele Rugani borasida muzokara o'tkazishni rejalashtirgan.


O'xshash yangiliklar


Manba: goal.com