Roger Shmidt: "Guruhimizda teng kuchli jamoalar yig'ilgan"

"Bayer" bosh murabbiyi Roger Shmidt Yevropa chempionlar ligasi qur'asi borasida o'z fikrlarini bildirdi.


- Ikki yil muqaddam bo'lgani singari "Bayer" teng kuchli jamoalar yig'ilgan guruhga tushdi. Bu "kvartet"da har narsa ruy berishi mumkin. "Monako" va "Tottenxem" juda kuchli raqib sanaladi. SSKAni ham ularni qatoriga qo'shgan bo'lardim. Guruhni o'zimiz uchun kerakli natija bilan yakunlaymiz, deb umid qilaman.


Manba: uefa.com