

Bugun Madridning “Real” klubi Chempionlar ligasi 1/8 finalining ilk o'yinida “RB Leyptsig” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
23 yoshli Rodrigo bo'lajak o'yinni asosiy tarkibda boshlashi allaqachon ma'lum. Braziliyalik futbolchi 2019 yildan beri "Los Blankos"da o'ynab kelmoqda. Bu vaqt ichida u barcha turnirlarda 199 ta uchrashuvda ishtirok etib, 50 ta gol urdi va 39 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



