Rodri: "Manchester Siti" kabi futbol o'ynash oson emas"

Mirjalol Normatov
18 yanv 2021, 23:34
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri APLga moslashishi haqida gapirdi.

"Juda ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'layotganimdan xursandman. Chunki "Manchester Siti" tarkibida bo'lish, ular kabi futbol o'ynash oson emas. Futbolchilar doimo hujumni o'ylashadi.

Hali o'rganadigan narsalarim ko'p, ammo o'zimni ligaga moslashtirib oldim deb hisoblayman. Pep Gvardiola menga ishonch bildirayotganidan xursandman. O'z o'yin uslubim bilan jamoadagilarga yordam berishni istayman", - dedi Rodri.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal