Rivaldo: "Messi uchun "Manchester Siti" ideal variant"

Mirjalol Normatov
30 avg 2020, 00:34
Braziliya termasi sobiq futbolchisi Rivaldo hujumchi Leo Messining "Barselona"dan ketishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Kataloniyaliklar eng yaxshi futbolchisini ketkazib yubormaslikka harakat qiladi. Pandemiya davrida barcha klub moliyaviy inqiroz ko'chasiga kirib qoldi. shu boisdan uni tekinga qo'yib yuborish klub uchun og'ir zarba bo'ladi.

Messining "Barselona" bilan tarixi chiroyli tarzda yakunlanishi kerak. Bunday tragik yakunlar menga yoqmaydi.

Ketgan taqdirda Messiga "Manchester Siti" ideal variant. U Gvardiola qo'l ostida doim yaxshi o'ynagan va bu futbolchi uchun ham foydali", - dedi Rivaldo

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal