Reshford va Saka Angliya TJning bo'lajak o'yinlarini o'tkazib yuborishi mumkin

Eldor Akmurzayev
24 mar 2021, 21:10
Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Manchester Yunayted” forvardi Markus Reshford oyog'idan jarohat olgan va yakka tartibda zalda shug'ullanmoqda. Biroq, u Angliya TJning jamoabiy mashg'ulotlarida qatnashamayapti. “Arsenal” yarim himoyachisi Bukayo Saka esa klub qarorgohini tark etmagan. U oyoq paylarini shikastlab olgani aytilmoqda.

Ushbu 2 futbolchi ertaga San-Marinoga qarshi o'tadigan bahsni o'tkazib yuborish ehtimoli yuqori. Shuningdek, inglizlarni oldinda Albaniya (28 mart) va Polshaga qarshi uchrashuvlar kutmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports