Reshford MYUdan maoshining ko'tarilishini talab qilmoqda

Mirjalol Normatov
16 iyun 2019, 13:58
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford klub bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda.

"The Sun" xabariga ko'ra, angliyalik futbolchi haftasiga 390 ming funt maosh so'ramoqda. Bunga asosiy sabab sifatida o'tgan mavsumda 2 gol kiritib, haftasiga 500 ming funt maosh olayotgan Aleksis Sanches sababchi.

Aytilishicha, 21 yoshli futbolchi maosh ko'paytirilmasa, "Barselona" va "Real" bilan muzokaralarga kirishmoqchi. Uning amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun