"Real"ning uzoq yillik o'yinchilaridan biri klubni tark etishi mumkin

Alisher
3 fev 2024, 22:04
"Real" himoyachisi Lukas Vaskes "Santyago Bernabeu"da qolish uchun umidni yo'qotmagan.

"Qirollik klubi" futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmadi, ammo Lukasning o'zi Karlo Anchelotti jamoasida qolishni xohlaydi.

Vaskes so'nggi lahzagacha "Real"dan yangi shartnoma bo'yicha taklifni kutmoqchi.

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik futbolchining amaldagi kelishuvi joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Athletic