"Real"ning Chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi raqiblari 15 ta qizil kartochka olishdi

Aziz Tukhtamuradov
25 fev 2021, 09:39
"Real" Chempionlar ligasi doirasida "Atalanta"ga qarshi o'yin o'tkazdi.

O'yinning 17-daqiqasida bosh hakam "Atalanta" futbolchisi Remo Froylerni maydondan chetlatdi. 

Shu tariqa, "Real" klubining Chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi raqiblariga ko'rsatilgan qizil kartochkalar soni 15 taga etdi. 

Bu turnir rekordi hisoblanadi. Qizig'i, huddi shunday ko'rsatkich "Barselona"ga ham tegishli. Har ikki klubning raqiblari ularga qarshi o'yinda eng ko'p qizil kartochka olishgan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta Sports