Realning barcha futbolchilari va klub xodimlari koronavirusga test topshirishdi

8 may 2020, 22:52
Real futbolchilari va klub personalining koronavirus uchun topshirgan testlari manfiy natija bergan, deya xabar bermoqda ESPN.

Nashr xabariga ko'ra, chorshanba, 6 may kuni Zidan boshchiligidagi “Real” klubi murabbiylar shtabi, futbolchilar va barcha ishchi xodimlar klub bazasida koronavirus uchun test topshirishgan.

Test natijalari barchada manfiy natija bergan, yani hech kimda infekciya alomatlari aniqlanmagan. Shu sabab 11 maydan boshlab barcha futbolchilarga individual tarzda mashg'ulotlarni boshlashlari uchun ruxst berilgan.


O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN