

LaLiganing 9-turi doirasida "Real"ga qarshi o'yindan keyin u hakamlar xonasiga kirgan. Laporta uchrashuv vaqtida Robert Levandovskining penalti borasidagi bahsli holati bo'yicha hakamlardan tushuntirish olishini istagan.
Bunday holat Laportada ilk marta sodir bo'layotgani sababli 602 evro jarimaga tortildi.
Eslatib o'tamiz, "Real" - "Barselona" uchrashuvini Xose Mariya Sanches Martines boshqardi.



