"Real"ga "Lion" sardorini taklif qilishdi

Aslanov Jasurbek
24 dek 2018, 17:55
"Lion" hujumchisi va sardori Nabil Fekir faoliyatini LaLigada davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, 25 yoshli futbolchining navbatdagi klubi "Real" bo'lishi mumkin. "Qaymoqranglilar"ga "Lion" forvardini xarid qilish taklif etildi. Fekirning Fransiya klubi bilan shartnomasi 2020 yilning yozida yakuniga etadi.

"Lion" rahbariyati mavsum oxirida hujumchini sotishga urinib ko'radi, chunki klubdagilar "Barselona"ga qarshi bahsda Fekir maydonga tushishini xohlashmoqda. Biroq futbolchi klubni qishki transfer oynasida tark etishni istasa, u yanvarda boshqa jamoaga o'tishi mumkin.

Oldinroq, Fekirga "Barselona", "Bavariya" va "Chelsi" qiziqayotgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca