"Al Hilol" va "Al Nassr" JCH-2018 g'olibi uchun kurashadi

Sherzod Nurmatov
29 yanv 2024
"Betis"ning fransiyalik yarim himoyachisi Nabil Fekir tez orada Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishi mumkin.

Insayder Santi Auna xabariga ko'ra, 2018 yilda Fransiya terma jamoasi bilan jahon chempionligini qo'lga kiritgan 30 yoshli futbolchining xizmatlariga Saudiya Arabistonining "Al Nassr" va "Al Hilol" jamoalari qiziqish bildirmoqda. 



Har ikki klub vakillari allaqachon yarim himoyachi bilan bog'lanishgan. Futbolchi va "Betis" bilan kelishuvga erishish qiyinchilik tug'dirmaydi. Uning transfer summasi 20 million evroga baholanmoqda. 

Nabil Fekir joriy mavsum "Betis" safida Ispaniya chempionatida 5 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/Santi_J_FM