“Real” yaqin orada futbolchi sotib oladimi? Zidan javob berdi

Eldor Akmurzayev
29 sen 2020, 21:10
Madridliklar ustozi Zinedin Zidan klub joriy transfer oynasida yangi futbolchilarni xarid qilishni o'ylamayotgani haqida gapirdi.

“Transfer oynasi 5 oktyabrgacha ochiq bo'ladi. Kimnidir sotib olishni rejalashtiryapmizmi? Yo'q. Jamoamda shundoq ham futbolchilar ko'p. Boshqalarni taklif etish? Bundan mano yo'q, bizda zo'r tarkib bor. Barcha futbolchilardan mamnunman, deb ayta olaman”, deya so'zlarini yakunlagan Zidan.

Qayd etish joiz, "Real" ushbu transfer oynasida birorta futbolchi bilan shartnoma imzolamadi. Aksincha, boshqa klublarga ijaraga berilgan bir qator o'yinchilar jamoaga qaytgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ESPN