"Real" Tibo Kurtua uchun 65 million evro berishga tayyor?
Narzulla Saydullayev
8 may 2016, 15:33
"Chelsi" posboni Tibo Kurtua "Real" qiziqishiga sabab bo'ldi, deb xabar bermoqda Mundo Deportivo nashri.
"Qirollik klubi" darvozabon uchun 65 million evro berishga tayyor ekan. Eslatib o'tamiz, Kurtua bir necha yil davomida Madridning "Atletiko" klubida ijarada o'ynagan edi.