Real Tenerife darvozabonini ikki yilga ijaraga oldi
Narzulla Saydullayev
31 iyul 2015
Tenerife posboni Karlos Abad faoliyatini Realda davom ettiradi.
20 yoshli darvozabon Madrid klubi tomonidan 2 yilga 2 million evro evaziga ijaraga olindi. 2017 yil yozida Real Abadni 3 million evaziga sotib olishi mumkin.
Darvozabon Real Madrid Kastilya jamoasida Zinedin Zidan qo'l ostida o'ynashi kutilmoqda.