"Real" taklifini kutib, sabr kosasi to'lgan futbolchi o'z klubi bilan shartnomasini uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
22 yanv 2018, 15:25
"Real" qiziqish bildirgan "Atletik" posboni Kepa Arrisabalaga shartnomasini uzaytirdi.

Bu haqda klub matbuot-xizmati e'lon qildi.

23 yoshli futbolchining yangi kelishuvi 2025 yilning yozigacha belgilangan. Avvalgi bitim joriy mavsum oxirida yakuniga yetishi kerak edi. Yangi shartnomada darvozabonning tovon puli 80 mln. evro.

Oldinroq, Kepa yanvar oyida "Real" futbolchisiga aylanishi, transfer esa 20 mln. evroga amalga oshishi e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia