"Arsenal" 5 million funtga "Chelsi"dan Kepani sotib oladi

Aslanov Jasurbek
25 iyun 2025
Kepa Arrisabalaga "Arsenal"ga o'tmoqda.

Fabricio Romano ma'lumotlariga ko'ra, "kanonirlar" "Chelsi" darvozaboni shartnomasida ko'rsatilgan 5 million funtlik tovon puli bandini faollashtirgan. Kelishuv bo'yicha barcha hujjatlar tayyor.

Kepa Arrisabalaga "Arsenal"ning ikkinchi raqamli darvozaboni bo'lishi kutilmoqda. Jamoaning asosiy darvozaboni David Rayya bo'lib qoladi.

2024/25 mavsumda Kepa "Bornmut"da ijara asosida o'ynadi. U APLda 31 ta o'yin o'tkazib, 39 ta gol o'tkazib yubordi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano