

Futbolchi "Jirona"ga qarshi o'yinda raqib jamoa vingeri Portuga nisbatan keskin "podkati" uchun qizil kartochka olgandi.
Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) "jabrlanuvchining imkoniyatlarini cheklashi mumkin bo'lgan xavfli o'yin" tufayli sankciya qo'llanilganini ma'lum qildi. Bundan tashqari "Real"ga 1050 evro jarima, futbolchining o'zi esa 600 evroga jarima to'lashi zarur.
Shunday qilib, madridliklar sardori "Osasuna", "Sevilya" va 28 oktyabr kuni "Barselona" bilan "El Klasiko"ni o'tkazib yuboradi.



