"Real" Ronaldu o'rnini PSJ yoki "Chelsi" futbolchisi bilan to'ldirmoqchi

Aslanov Jasurbek
9 iyul 2018, 16:43
"Real" "Yuventus"ga ketishi kutilayotgan hujumchi Krishtianu Ronaldu o'rnini egallashi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatini tuzib chiqdi.

Ro'yxatdagi birinchi futbolchi Neymar, ikkinchisi uning jamoadoshi Kilian Mbappe. Ammo fransiyaliklarning boy qatarlik homiylari bor, ularning shartnomasida esa tovon puli yo'q. PSJ bu ikki futbolchini sotishni istamasa, "Real" Neymar yoki Mbappe transferini amalga oshirishi qiyin.

Ro'yxatdagi uchinchi futbolchi - "Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azar. Belgiyalik va uning atrofidagilar "Real" taklifiga qiziqish bildirishini ma'lum qilishgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As