"Real" qishki transfer oynasida xarid amalga oshirishga qaror qildi, futbolchi ham aniq

Aslanov Jasurbek
16 yanv 2018, 11:11
"Real" qishki transfer oynasida "Atletik" posboni Kepa Arrisabalagani xarid qilishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "qaymoqranglilar" o'z qarori haqida Baskoniya klubiga xabar berishgan. Ispan OAV "Qirollik klubi"ning futbolchiga bo'lgan qiziqishi haqida juda ko'p yozishdi, ammo "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoaga hech kim kerak emasligini aytdi.

Oldinroq, Arrisabalaga o'ng oyog'i jarohati tufayli 3 oyga safdan chiqqan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ETB