"Real Madrid" sardorlariga nima bo'ldi? FOTO

Narzulla Saydullayev
11 sen 2017, 12:42
Madridning "Real" klubi Ispaniya chempionati 3-turida "Levante" bilan durang o'ynadi (1:1).

Bu o'yinning oxirida madridliklar himoyachisi Marselo maydondan chetlatildi. Qizig'i bu mavsumda "Real"ning uch nafar sardori ham qizil kartochka olishdi. Ronaldu Ispaniya Superkubogi doirasida "Barselona" bilan bahsda, Serxio Ramos Ispaniya chempionati doirasida "Deportivo" bilan o'yinda maydondan chetlatilgandi.

Ma'lumot uchun, "Real"ning asosiy sardori Serxio Ramos, ikkinchi sardori Marselo, uchinchi sardori esa  Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. To'rtinchi sardor Karim Benzema.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia