"Real" Kamavingaga yangi shartnoma tayyorlamoqda. Futbolchining tovon puli 1 mlrd evroga yetishi mumkin

Administrator
24 apr 2023, 00:11
"Real" o'z yarim himoyachisiga yangi shartnoma taqdim etish niyatida.

Madridning "Real" klubi Eduardo Kamavingaga yangi shartnoma taqdim etish niyatida. Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano xabar berdi.

Yangi bitimga ko'ra Eduardoning maoshi oshiriladi. Bundan tashqari "Real Madrid" yarim himoyachining tovon pulini milliard evro qilib belgilashni maqsad qilgan. Futbolchiga APLdan takliflar bo'layotgani haqidagi mish-mishlarga qaramasdan, Kamavinga "Real"da qolishni istamoqda. 

Ma'lumot uchun, Eduardo Kamavinga ushbu mavsum "Real" tarkibida 49 ta uchrashuvda maydonga tushdi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano